Kursdagi birinchilardan bo‘lish hamda o‘z uslubiga ega va qimmat CGI yaratishni boshlashni xohlasangiz, o‘z joyingizni band qiling.
3D ANIMATSIYALAR
Animatsion grafikani katta brendlarga xizmat ko’rsatuvchi va ijtimoiy tarmoqlarda 1 million dan ortiq ko'rishlar soniga ega StoryTech studiyasi bilan o’rganing!
Darslarni takrorlab olish imkoniyati uchun darslar yozib olinadi
QOBILIYATLAR
MENTORLIK
USLUBNI RIVOJLANTIRISH
O’quvchilardan nima kutamiz
Aloqada bo’lib turish
Darslarga qatnashish
Uyga vazifalarni bajarish
So‘rovnomalar ko’p o‘tkaziladi, sizlardan ham chatda izohlaringizni kutib qolamiz
Onlayn darslarga qatnashish
Uyga vazifalar odatdagidan ko‘ra jiddiyroq tekshiriladi
KURS KIMLAR UCHUN?
ENDI BOSHLAYOTGANLAR
Agar oldin 3D dasturni umuman ishlatmagan bo‘lsangiz, biz bilan qisqa muddatda asosiy tushunchaga ega bo‘lasiz.
DIZAYNERLAR VA VIDEOGRAFLAR
Agar professional tarzda dizaynerlik bilan shug‘ullansangiz yoki video olsangiz, o‘z ko‘nikmalaringizni 3D grafika bilan boyitishni istasangiz, bu kurs aynan siz uchun.
3D RASSOMLAR VA VIZUALIZERLAR
Ijodiy studiyalar va marketing agentliklar yoki yirik brendlar bilan ishlashni xohlovchilar uchun.
Biz dasturda shunchaki tugmalarni bosib o‘tirishni o‘rgatmaymiz
Biz CGI sohasida qanday qilib talab yuqori bo‘lgan mutaxassis bo‘lishni o‘rgatamiz.
Blender va AE da ishlash
CGI da o‘z uslubingizni shakllantirish
O‘z mehnatingizni baholash
Ajoyib hikoyalar yaratish
Kursda quyidagilarni o‘rganasiz
Mazkur ikki dastur yordamida qanday qilib eng maftunkor kadrlar yaratishni o‘rgatamiz.
CGI da turli darajadagi mutaxassislar juda ko‘p va ularning hammasi ham yangi narsalarni yaratishga qodir emas, aynan siz buni qila olishingiz kerak.
Qiziqarli loyihalarni olish va o‘z xizmatlaringiz narxini to‘g‘ri baholashni o‘rgatamiz.
100 minglab kuzatuvchilarni o’ziga jalb etuvchi g’oyalarimiz qanday yaratilayotganligi haqida aytib beramiz
IKKINCHI OY
Mahsulot videosini yaratamiz
Unda quyidagilar bilan tanishasiz:
Realistik teksturalar sozlamasi
Chiroqlar sozlamasi
Mahsulotlar animatsiyasi
Montaj
BIROR MAHSULOT TANLASHINGIZ VA U UCHUN 15 SONIYALIK ROLIK TAYYORLASHINGIZ KERAK BO‘LADI
BIRINCHI OY
Siz bilan LOW POLY stilda animatsiya yaratamiz.
Unda quyidagilar bilan tanishasiz:
Modellashtirish asoslari
Materillarni sozlash
Yorug‘lik bilan ishlash
Animatsiya
RAHBARLIGIMIZ OSTIDA O‘Z SAHNANGIZNI NOLDAN QURASIZ
UCHINCHI OY
Personajli haqiqiy sahna yaratamiz
Unda quyidagilar bilan tanishasiz:
Rigging asoslari
Haqiqiy muhit yaratish
Kinemotografik yorug‘likni sozlash
O‘XSHASH STILISTIKADA KADRLAR SERIYASINI YARATISHINGIZ KERAK BO‘LADI
1. Modellar yaratish 2. Materiallar (ranglar) bilan ishlash + ranglar nazariyasi 3. Yorug‘lik (yorug‘lik manbalari turlari), yorug‘likni sozlash 4. Animatsiya 5. Render 6. Amaliy ish + nazariyasi 7. After Effects’da kompozitsiyalash 8. Amaliyot
Kurs yakunida QR kod va shaxsiy ID raqam ko‘rsatilgan maxsus sertifikatga ega bo‘lasiz.
Bundan tashqari
Doimiy bog’lanish imkoniyati
Stajirovka va hamkorlikdagi loyihalar
Mutaxassislardan feedback
Sizga biz boshchilik qilamiz. Storytech jamoasini CGI bilan shug‘ullanuvchi xodimlari orasida vazifalarni taqsimlab oladi. Ishonchingiz komil bo‘lsin, sizning har bir savolingiz jamoadagi har bir a’zo tomonidan muhokama qilinadi.
Agar boshqalardan ajralib tursangiz va ajoyib natijalaringizni ko‘rsak, u holda sizni o‘z jamoamizga olamiz.
Shuningdek, ko‘plab o‘quvchilarimizning rivojlanishi va internetdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun ular bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshiramiz. Jamoamiz bilan ishlab o‘z portfolioingiz uchun yangi loyihalar qo‘shasiz va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda paydo bo‘lasiz.
Agar o‘tilgan materiallarni takrorlashga qaror qilsangiz, darslar va o‘quv materiallari siz uchun doimo ochiq bo‘ladi.
BIRINCHI QABUL TALABASI BO'LISH IMKONIYATINI BOY BERMANG!